Texnikum Tarixi
Texnikum Farg'ona shahrining eng zamonaviy hududi — Ekoshaharda joylashgan bo'lib, agrar sohada ilg'or texnologiyalarni qo'llashga ixtisoslashgan. O'quv binosi 480 o'rinli bo'lib, 21 ta fan kabineti, 160 o'rinli shinam yotoqxona va 120 o'rinli oshxonani o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish ustaxonalari (280 m²) talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash uchun to'liq imkoniyat beradi.
8-Iyul, 2024-yil
Ta'lim muassasasi tashkil etilishi
Muassasa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 392-sonli qarori bilan zamonaviy agrar mutaxassislarni tayyorlash maqsadida rasman tashkil etildi.
23-Oktabr, 2025-yil
Yangi maqom hamda qayta tashkil etilish
Prezidentimizning PF-190-son Farmoni bilan ta'lim dargohi "Lola Murotova nomidagi qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan texnikum" sifatida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi tasarrufida qayta tashkil etildi.
Texnikum Pasporti
Tashkilotning to'liq ma'lumotlari, infratuzilmasi, yo'nalishlari va boshqa huquqiy me'yoriy asoslari bilan tanishib chiqing.